Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Parij-2024"da qancha sportchi doping tekshiruvga jalb qilingani aytildi
18:21 / 2024-09-20

Xalqaro test agentligi (ITA) "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari davomida sportchilarni doping tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich o‘rnatilganini qayd etdi.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘yinlar jarayonida yengil atletika, suv sporti turlari, velopoyga, eshkak eshish va sport kurashlari kabi sport turlaridan umumiy hisobda 4150 nafar sportchi doping tekshiruvdan o‘tkazilgan. AQSH, Xitoy, Avstraliya va Britaniya mamlakatlari sportchilari eng ko‘p tekshiruvga jalb qilingan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 

Bu "Parij-2024" ishtirokchilarining 38,75 foizi, deganidir. Ayni holat Tokioda o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan 4 foizga, Rio Olimpiadasidan 10 foizga ko‘pligi bilan ajralib turdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA