Parijda o‘tadigan 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida umumiy hisobda 1 ming 392 nafar sportchi suv sporti musobaqalarida beshta yo‘nalishni qamrab olgan 49 medallar jamlanmasi uchun bahslashadi, deya xabar tarqatdi Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA).
Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga yaqin bo‘lgan Insidethegames.biz saytida keltirilishicha, Parij-2024 o‘yinlarida sportchilar suzish, badiiy suzish, ochiq suvda suzish, suvga sakrash va suv polosida olimpiya o‘yinlarining ilk kunidan so‘nggi kuniga qadar bahslashadi. Ya’ni, 2024 yilning 27 iyulidan 11 avgustiga qadar medallar uchun raqobatlashadi.

Bu, suv sportida Parij-2024 dasturidan o‘rin olgan 31 ta sport turi uchun belgilangan medallardan ko‘proq sovrinli o‘rinlar o‘ynaladi, deganidir.
Yana bir e’tiborli holat, har bir davlatning Milliy olimpiya qo‘mitalari yana ikki yildan keyin bo‘ladigan olimpiada o‘yinlarining suzish musobaqalari uchun FINA tizimidagi musobaqalarda qatnashib kelayotgan kamida ikki nafar sportchini Parij-2024 ga yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA