Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
08:02 / 2022-06-14

Joriy yilning 4-12 iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda 200.7 ochko jamg‘argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, Server Ibragimov ushbu natijasi bilan delegatsiyamiz hisobiga 2 ta medalni yozdirib qo‘yish bilan bir qatorda, 2024 yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

E’tiborlisi, aynan Server Ibragimov "Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.  

Ma’lumot uchun, Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha bir necha bor Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek, "Rio-2016" yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi hisoblanadi.  

O‘zA