Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parij-2024”: Sportchilar uchun antidoping bo‘yicha seminar tashkil etildi 
17:17 / 2024-05-07

Shu kunlarda dunyoning ko‘plab davlatlari qatori mamlakatimiz sportchilari ham to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Tayyorgarlikning muhim bosqichi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘lsa, sportchilarda ruhiy kuch-quvvatni mustahkamlash, antidoping qoidalariga amal qilish ko‘nikmasini shakllantirish “Parij-2024” musobaqalarida zarur natijalarga erishishning asosiy omili sanaladi. 

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasida “Parij-2024” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylar uchun tashkil etilgan seminarda shu haqda so‘z bordi. 

Seminarning ilk kunida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sodiqov yig‘ilganlarga “Parij-2024” Olimpiadasida o‘rnatiladigan qoidalar, tartiblar xususida so‘zlab berdi. 

Mutaxassislar va sport shifokorlari ishtirokidagi muhokamalar davomida sportchilarning antidoping qoidalari bo‘yicha bilimlari talab darajasida emasligi, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha barcha birdek mas’ul ekani ta’kidlandi Shuningdek, hozirgi kunda yuzaga kelayotgan bahsli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. 

Ikki kunlik seminarda mutaxassislar ADAMS platformasidan to‘g‘ri foydalanish, doping sinama topshirish jarayonida sportchining huquq va majburiyati, yo‘lga qo‘yilgan tegishli platformalar bo‘yicha zarur tavsiyalar aytildi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA