Parijda 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Senada o‘tadigan sinov musobaqalari bekor qilindi. Yomg‘irdan keyin daryo ifloslangan, suv standartlarga javob bermay qolgan.
– Jahon suv sporti Senadagi suzish bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bekor qilinganidan afsusda, ammo sportchilar salomatligi har doim bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi kerak, – deyiladi Xalqaro suzish federatsiyasi bayonotida.
Musobaqa shu hafta oxirida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Federatsiya Olimpiada uchun suv sifatini yaxshilash maqsadida infratuzilma loyihalari amalga oshirilishini ma’lum qildi.
“The Guardian” nashri yozishicha, so‘nggi haftalarda Senada suv sifati turnirda belgilangan talablarga javob bergan. Musobaqa tashkilotchilari va shahar hokimiyati 17-20 avgust kunlari Senada triatlon musobaqalarini o‘tkazish mumkinligiga umid bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari kelasi yil 26 iyulda start oladi.
O‘zA