Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Parij-2024" o‘yinlariga yo‘llanma sohiblari Qatarda aniqlanadi
14:25 / 2022-09-30

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan Osiyo kubogini qabul qiladigan davlat nomi aniqlandi.

Ovoz berish natijasida mazkur musobaqani qabul qilishga da’vogar bo‘lgan Eron, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Qatar, BAA davlatlari orasida Qatar 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi-2024 mezboni sifatida tanlandi. 

Musobaqa nizomiga muvofiq, Qatarda o‘tadigan Osiyo kubogida kuchli uchlikka kirgan jamoalar "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi sohibiga aylanadi. To‘rtinchi o‘rin sohibi esa qit’alararo o‘tish bosqichi orqali to‘rt yillik o‘yinlarga chiqish uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 



T.Ro‘ziyev, O‘zA