Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Parij-2024": OOK vitse-prezidenti O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi
10:49 / 2024-07-28

XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizning bellashuvlarda munosib natijalarga erishishida ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash muhim omil sanaladi.

Fransiyada davom etayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining turli tadbirlarida ishtirok etayotgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov Parij shahrida joylashgan «Olimpiya shaharchasi»da bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida atletlarimiz uchun ajratilgan xonalar, mashg‘ulot zallari, O‘zbekiston sport delegatsiyasi shtab faoliyati, tibbiyot bo‘limi ish tartibi ko‘zdan kechirildi.  

Sportchilar, murabbiy va mutaxassislar bilan suhbatlashildi. Mashg‘ulotlar jarayoni, musobaqalarda ishtirok etish uchun belgilangan reja-dasturlar, texnik vositalarning holati kabi masalalarda fikrlashildi, deya xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA