Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parij-2024” Olimpiadasiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi
11:28 / 2023-01-11

ZOOM platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, federatsiya va assotsiatsiya bosh kotiblari, sport turlari bo‘yicha bosh murabbiylar ishtirok etgan yig‘ilishda sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining sifati, belgilangan Olimpiya saralash musobaqalariga sportchilarni saralash tizimini yanada shaffoflashtirish, tayyorgarlikning texnik-taktik omillari, sport federatsiyalari va oliy sport mahorati maktablarida ishni tashkil etish jarayonlari muhokama qilindi.  

Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari va reyting ochkolari uchun o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishish borasida qabul qilingan dasturlar, “Yo‘l xarita”larda ko‘rsatib o‘tilgan ayrim jihatlarga e’tiborsizlik holatlari tanqid qilindi.  

Yig‘ilish yakunida sport federatsiyalarining mas’ullari, terma jamoa bosh murabbiylari va mutaxassislarining fikr-mulohazalari tinglandi. “Parij-2024” Olimpiadasi uchun belgilangan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berildi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA