Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parij-2024”: Muhayyo keyingi bosqichga yo‘l oldi
15:11 / 2024-08-30

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida para akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi PR1 klassida saralash bahslari tashkil etildi.

Unda Muhayyo Abdusattorova marraga 11 daqiqa 22.19 soniya natija bilan beshinchi bo‘lib yetib kelib, o‘tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, para taekvondo bo‘yicha K44 tasnifida 63 kilogrammgacha bo‘lgan bahslarda hamyurtimiz Zuhriddin Tohirov nimchorak finalda marokashlik Ayub Adouchi bilan raqobatlashdi va mag‘lubiyatga uchradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA