Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parhez mahsulot ko‘payadi
11:12 / 2015-04-03

Mamlakatimizda aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 70 dan ortiq ishbilarmonlik subyekti aholini baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, sohani rivojlantirish, baliq turlarini ko‘paytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

“Nukus baliq” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2007-yildan buyon Kegeyli tumanidagi “Daut ko‘l” hududidan baliq ovlab, aholi dasturxoniga yetkazib berayotgan edi. O‘tgan yili Mo‘ynoq tumanidagi “Jiltirbas” ko‘lini tender asosida uzoq muddatli ijaraga oldi. Ayni paytda 60 ga yaqin kishi mehnat qilayotgan korxona tomonidan 2014-yilda 69 tonna baliq ovlanib, 470 million so‘m daromad olindi.

O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasining 124 million so‘mlik grant mablag‘i hisobidan korxonada baliq lichinkalarini o‘stirish yo‘lga qo‘yildi. Zamonaviy texnologiyalar keltirilib, inkubatsiya sexi tashkil etildi va baliqchilik xo‘jaliklariga shartnoma asosida lichinkalar yetkazib berilmoqda.

– Baliqchilik sohasida ozuqa zaxirasi muhim ahamiyatga ega, – deydi korxona rahbari Nurmuhammet Primbetov. – Shu bois omixta yem ishlab chiqaradigan sex tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu kam mablag‘ sarflab, ko‘p daromad olish imkonini beradi.

Korxona qoshida 2011-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Oqmang‘it lakritsa” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qizilmiya o‘simligi ildizi qayta ishlanib, asosan, Germaniya va Xitoyga eksport qilinmoqda. Yigirma kishi ish bilan band bo‘lgan jamiyat faoliyatini yanada kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilda 5 million dollarlik investitsiya kiritish orqali Xitoy bilan qo‘shma korxona tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladigan qizilmiya o‘simligi ildizidan glitsirrizin kislotasi ishlab chiqaruvchi sexning ish boshlashi yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.