AQSH hukumati, bolasida autizm xavfi paydo bo‘lishi sababli, homilador ayollarni asetaminofen (paratsetamol) qabul qilishdan ogohlantirishni rejalashtirmoqda, deya xabar tarqatdi “Washington Post” gazetasi.
Rasmiylar, jumladan, avgust oyida “Maunt-Sinay” tibbiy majmuasi Garvard universiteti bilan birga o‘tkazgan tadqiqot natijasini ko‘rib chiqmoqda. ushbu xulosa homiladorlikning erta davrida paratsetamol tarkibidagi asosiy vosita — Taylenol qabul qilish va tug‘ilajaka farzandda autizm xavfi ortishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan.
— Federal sog‘liqni saqlash idorasi isitma ko‘tarilmasa, homiladorlik boshida Taylenol qabul qilmaslikni tavsiya etmoqda, — deb yozgan nashr.
Bundan tashqari autizmni ishonchli davolash vositasi sifatida hali ommalashmagan Leykovorin dorisi targ‘ibotini rejalashtirmoqda.
May oyida Tramp AQSH bolalarining 40 foizi kamida bir surunkali kasallikdan aziyat chekayotgani, autizm esa har 31 go‘dakdan birida aniqlanayotganini ta’kidlagandi.
Vaholanki, bir necha o‘n yil oldin mamlakatda ayni ko‘rsatkich har 10 000 odamga bitta to‘g‘ri kelgan.
S.Rahimov, O‘zA