Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parasportchilar tantanali kutib olindi
11:36 / 2025-12-16

Navoiy temir yo‘l vokzalida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy yilning 7-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan navoiylik parasportchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi, Sport boshqarmasi va Adaptiv sport assotsiatsiyasi hududiy bo‘limi vakillari, sportchilarning ota-onalari va yoshlar ishtirok etdi. 

Bu yilgi musobaqada qit’amizning 35 ta mamlakatidan jami 1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turidan g‘oliblik uchun bellashdi.

Yakunda o‘zbekistonlik parasportchilar 99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza, jami 197 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 

Jumladan, ushbu musobaqada navoiylik sportchilar para yengil atletika, para tayekvondo, para suzish, para armrestling va para pauyerlifting sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, jami 33 ta medal – 25 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Eng ahamiyatlisi, nurotalik Asadbek Hojiyev para suzish bo‘yicha 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining umumiy g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri