French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parasport: xalqaro hamkorlik
19:51 / 2025-09-19

So‘ngi yillarda yurtimizda para sport rivoji sezilarli darajada o‘sdi. Bunda xalqaro munosabatlar va hamkorlikning ham ahamiyati katta.

Bugun ham O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurgan Ozarbayjon Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Hidoyat Abdullayeva bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Sohadagi hamkorlik aloqalari parasportning rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Jumladan, tomonlar Paralimpiya harakatini rivojlantirish, klassifikatsiyasi, soha mutaxassislarining malaka oshirish jarayonlarini yangi darajaga olib chiqish yuzasidan fikr almashdi.

Bunday uchrashuvlar kelgusida para sportchilarimizning yangi zafarlarni quchishiga zamin hozirlaydi.

Sherbek Islomov, O‘zA