Paraosiyo o‘yinlaridan navbatdagi medallar shodasi
Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida para yengil atletikachilarimiz medallar shodasini taqdim etishda davom etmoqda.
O‘yinlarning erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida hamyurtlarimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev va Tolibjon Yo‘ldoshev bir yo‘nalishda ishtirok etdi. Unda Qudratulla oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kumush medalga Tolibjon sazovor bo‘ldi.


Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -97 kg vazn toifasida Farhod Umrzoqov 228 kg natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA