French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paraosiyo o‘yinlarida 10-oltin medal qo‘lga kiritildi
14:51 / 2023-10-24

Paraosiyo o‘yinlarida para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Doniyor Soliyev 7.28 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi T36 klassida uzunlikka sakrash bahsida hamyurtimiz Izzat Turg‘unov 5.55 metr natija bilan kumush medal sohibi bo‘ldi.

Para taekvondo bo‘yicha -63 kg vazn toifasidagi erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Qudrat Haydarov bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

E’tiborlisi, vakilimiz hal qiluvchi bahsda taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya sportchisini 36:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA