Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paran shahrida Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi
12:47 / 2025-10-20

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi davlat rahbarlari o‘zaro savdo-iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan imzolagan kelishuvlar endi quyida, viloyat va hududlararo munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi.

Buni birgina Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga ishchi safari misolida ham ko‘rish mumkin.

Paran shahrida “Koreta Co., LTD” kompaniyasining yangi savdo-logistika markazi ishga tushirildi. Markazning ochilish marosimida amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov ishtirok etdi.

Logistika markazi farg‘onalik yosh tadbirkorlar – Abduvohid Qodirov, Javohir Valiyev va Muhammadsaid Xo‘jayev tashabbusi bilan 6 million dollarlik sarmoya hisobiga barpo etildi.
Ishchi safari chog‘ida Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Ulsan sanoat ma’lumotlar kompleksi va ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi va Ulsan sanoat festivalida ishtirok etdi. Ikki davlatning ikki hududi birodarlashuv bitimini imzoladi. Endi Farg‘ona viloyati va Ulsan shahri o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlantiriladi.

[gallery-25806]

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Seul shahri Gongso tumani hokimi Jin Kyo Xun bilan uchrashdi. Farg‘ona viloyati va Gongso tumani o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlarning muntazam muloqotini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Farg‘ona shahri va Gongso tumani o‘rtasida “Birodarlashgan shaharlar” to‘g‘risida bitim imzolandi.

Xayrullo Bozorov qurilish-muhandislik sohasida katta tajribaga ega “BOMI Engineering & Construction” kompaniyasi boshqaruv raisi Kim Dok Yong bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida koreya tadbirkorlari Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish ustida ishlayotganlarini bildirdilar.

Koreya Respublikasining Paran shahrida Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi. Safarning eng hayajonli damlari Koreyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va muvaffaqiyatlarga erishayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv chog‘ida yuz berdi. Chunki uchrashuvda Koreyada ta’lim olayotgan yoshlar ham bor edi. Uchrashuv, muloqot, tanishuvlar chog‘i yangi biznes loyihalari tuzildi, bitimlar imzolandi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA