Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiyachilarimiz sportimiz tarixida yangi sahifa ochishiga umid qilamiz
10:54 / 2021-08-19

Joriy yilning 24 avgust – 5 sentyabr kunlari Yaponiya poytaxtiTokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik paralimpiyachilar sportimiz tarixida yangi sahifa ochishni hozirdanoq boshladi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa sportchilari «Tokio-2020» yozgi Paralimpiya o‘yinlariga har qachongidan ham ko‘proq yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Jumladan atletlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 55 taga yetdi.

Agar  Rio-de Janeyroda o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 5 ta sport turi – para suzish, para dzyudo, para yengil atletika, para pauerlifting va para o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etgan bo‘lsa, “Tokio-2020” da ushbu sport turlari soni yana 3 taga oshdi. O‘zbekiston tarixida ilk bor para kanoe, para taekvondo hamda para akademik eshkak eshish sport turlari bo‘yicha yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi.

Yaponiyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim sport anjumanida hamyurtlarimiz o‘z natijalarini har tomonlama yaxshilab, Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bilan qaytishlariga umid qilamiz.

Quyida "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

                               Para yengil atletika

1.Husniddin Norbekov (disk otish)

2.Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)

3.Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)

4.Temurbek Giyazov (nayza otish)

5.Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)

6.Doniyor Saliyev (uzunlikga sakrash)

7.Elbek Sultonov (yadro otish)

8.Izzat Turg‘unov (uzunlikga sakrash)

9.Sabina Suxanova (100 m. yugurish)

10.Sabina Suxanova (200 m. yugurish)

11.Nozimaxon Qayumova (nayza otish)

12.Dilafruzxon Ahmadxonova (yadro uloqtirish)

13.Mohigul Hamdamova (disk otish)

14.Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)

15.Nurxon Qurbonova (nayza otish)

16.Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

17.Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)

18.Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)

19.Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Para suzish

1.Islam Aslanov (50 m erkin)

2.Islam Aslanov (100 m batterflyay)

3.Dmitriy Xorlin (50 m erkin)

4.Firdavsbek Musabekov (100 m brass)

5.Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)

6.Muzaffar Tursunxo‘jayev (50 m erkin)

7.Muzaffar Tursunxo‘jayev (100 m batterflyay)

8.Shohsanamxon Toshpo‘latova (50 m erkin)

9.Shohsanamxon Toshpo‘latova (100 m batterflyay)

10.Shohsanamxon Toshpo‘latova (200 m kompleks)

11.Nigoraxon Mirzohidova (100 m baterflyay)

12.Muslima Odilova (50 m erkin)

Para dzyudo

1.Sherzod Namozov (-60 kg)

2.Uchqun Quronboyev (-66 kg)

3.Feruz Sayidov (-73 kg)

4.Dovurxon Karomatov (-81 kg)

5.Shuhrat Boboyev (-90 kg)

6.Sharif Xalilov (-100 kg)

7.Shirin Sharipov (+100 kg)

8.Lobar Xurramova (-48kg)

9.Sevinch Salayeva (-52 kg)

10.Parvina Samandarova (-58 kg)

11.Nafisa Sheripboyeva (-63 kg)

12.Vasila Aliboyeva (-70 kg)

Para kanoe

1.Azizbek Abdulhabibov (200 m)

2.Hayitmurod Sherqo‘ziyev (200 m)

3.Shahnoza Mirzayeva (200 m)

Para taekvondo

1.Zuhriddin Tohirov (- 61 kg)

2.Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)

3.Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

Para pauerlifting

1.Ro‘za Qo‘ziyeva (-61 kg)

2.Farhod Umrzoqov (-88 kg)

3.Nuriddin Davlatov (-107 kg)

Para akademik eshkak eshish

1.Feruza Bo‘riboyeva (2000 m)

2.Otabek Qo‘chqorov (2000 m)

Para o‘q otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA