Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiyachilar musobaqasi
15:32 / 2014-08-15

Poytaxtimizda O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida bouling bo‘yicha paralimpiya kubogi o‘tkazildi.

Poytaxtimizda O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida bouling bo‘yicha paralimpiya kubogi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish, mamlakat hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Natijada mamlakatimiz paralimpiyachilari erishayotgan yutuqlar salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni joriy yilgi xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan turnirda paralimpiyachilar o‘zaro kuch sinashdi.

– Bu kabi musobaqalar bizga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi, – deydi Londonda o‘tkazilgan XIV Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, suzish bo‘yicha ikki karra Osiyo rekordchisi Kirill Pankov. – Maqsadimiz kelgusida jahon va qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada yuqori natijalarga erishish.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.