Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiya sport turlarida ham mahallabay ishlash tizimi joriy etilmoqda
11:59 / 2022-04-13

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan viloyatlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni paralimpiya sport turlariga keng jalb etish, ular orasidan iste’dodli yoshlarni saralash maqsadida mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu borada Farg‘ona viloyati misolida maxsus strategiya ishlab chiqildi. Ayni kunlarda qo‘mitaning hududiy bo‘limlar bilan ishlash departamenti direktori Mirsardor Alimov yetakchiligidagi mutaxassislar Farg‘onadagi murabbiylar, soha xodimlari ishtirokida joylarda maxsus taqdimotlar o‘tkazishmoqda. 



Taqdimot yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati misolida respublikamizning barcha maskanlarida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha strategiya dasturi ishlab chiqish tavsiya etildi. 

Bu matonat sohiblarining bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, ular orasidan iqtidorli yoshlarni saralash jarayonlarining samarali tashkil etilishiga omil bo‘ladi. 

T.Ro‘ziyev,  O‘zA