English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
13:08 / 2025-10-09

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport jamoalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport terma jamoalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport terma jamoalarini shakllantirishning maqsadi va vazifalarini belgilash; 

paralimpiya sport turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) tartibini joriy qilish; 

paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirishda sportchilarning musobaqalardagi natijalari bilan birga sport normativlarini bajarish ko‘rsatkichlarini ham inobatga olish; 

paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimida ro‘yxatga olish tartibi belgilab berilgan. 

Qarorga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning sport natijalarini kiritib borish va ular tomonidan sport normativlarining bajarilishi monitoringini yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi. 

Ushbu Nizom talablari jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va “Muruvvat” internat uylari uchun majburiy hisoblanadi.

O‘zA