Paralimpiadada medallarimiz soni 15 taga yetdi
Paralimpiadaning para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
E’tiborlisi, hamyurtimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova murosasiz bellashuvlarda matonat va irodasini namoyish qilib, 2:27.92 daqiqa natija ko‘rsatdi. Toshpo‘latovaning mazkur natijasi uning 3-o‘rinni egallashiga olib keldi, deya ma’lumot tarqatdi O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shohsanamxon Toshpo‘latovaning bronza medaliga sazovor bo‘lishi O‘zbekiston sport delegatsiyasining paralimpiadadagi umumiy medallar soni 15 taga yetishini ta’minladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA