Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiada chempioni ham saylovda faol qatnashdi
15:18 / 2024-10-27

Ayni paytda barcha saylov uchastkalarida muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Ushbu jarayonda joriy yilgi Yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida 90 kilogramm vazn toifasida bronza medali sovrindori Qashqadaryo viloyati Koson tumanilik Dovurxon Karomatov ham o‘zi yashab turgan Nartichuqur mahallasidagi 545-saylov uchastkasiga kelib, ovoz berdi.  

– Biz yoshlarning kelajakda o‘z o‘rnimizni topishimiz, bundanda yuksak marralarni qo‘lga kiritishimiz, albatta bugungi saylovning natijalariga ham bevosita bog‘liq, deb o‘ylayman. Shu bois o‘z taqdirim va kelajagimga befarq bo‘lmaganim holda saylov uchastkasiga kelib, yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan, ularning kelajakda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashadigan munosib nomzodlarga va partiyaga ovoz berdim, – deydi Dovurxon Karomatov.  

Saylov jarayoni davom etmoqda.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari