Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
20:19 / 2025-12-10

Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.