Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paradzyudochilarimiz Boku Gran-prisida umumjamoa hisobida birinchi boʻldi
10:46 / 2019-05-15

Kecha Ozarbayjonning Boku shahrida paradzyudo boʻyicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi. Turnirning ikkinchi kungi dasturida ogʻir vaznli sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.


Kecha Ozarbayjonning Boku shahrida paradzyudo boʻyicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi. Turnirning ikkinchi kungi dasturida ogʻir vaznli sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, kechagi dasturda tatamiga chiqqan dzyudochilarimiz ikkita oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritishdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda eng ogʻir, yaʼni 100 kg.dan yuqori vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Shirin Sharipov hamda qizlarimizdan Nafisa Sheripbayeva (-63 kg.) barcha raqiblarini magʻlub etgan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Vasila Aliboyeva (-70 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda gʻalaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga yana bitta medalni qoʻshib qoʻydi.

Shu tariqa Boku Gran-prisida toʻrttadan oltin va bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqa orqali vakillarimiz 2020 yili Tokioda boʻladigan Paralimpiya oʻyinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishdi.