Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para yengil atletikachimiz Hindistonda jahon chempioniga aylandi
13:37 / 2025-09-29

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha beshta qit’aning turli davlatlaridan ming nafarga yaqin matonatli para sportchilar ishtirokida o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

Chempionatning uzunlikka sakrash dasturi T12 toifasida ayollar o‘rtasida vatanimiz sharafini himoya qilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova 5.54 m uzunlikka sakrab, jahon chempioniga aylandi.

Uning g‘alabasi sharafiga olis Hindistonda O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.

Eslatib o‘tamiz, 186 ta medallar jamlanmasi uchun bahslar o‘tayotgan jahon chempionati 5 oktyabrga qadar davom etadi.

Sherbek Islomov, O‘zA