English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para yengil atletikachilarimiz jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi
10:35 / 2025-09-27

Bugun, 27 sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasidan 9 nafar sportchi turli yo‘nalishlarda bahslarga kirishadi.

Jumladan, yadro uloqtirish F41 (ayollar) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadigan bahslarda Kubaro Hakimova hamda Navro‘za Ahmatova, nayza uloqtirish  F46 (ayollar) tasnifida Shahina Yigitaliyeva, Husnora Qudratulloyeva, Karomat Omonova jahon chempionligi da’vosida raqobatlashadi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida bulava uloqtirishda (F32) Abdulaziz Abduhakimov, yadro uloqtirish (F37) bo‘yicha Qudratulloxon Ma’ro‘fxo‘jayev, Tolibboy Yo‘ldoshev, nayza uloqtirishda (F57) Yorqinbek Odilov kabi paralimpiyachilarimiz bahslarga kirishadi.

Ma’lumot o‘rnida: Hindiston mezbonligida 5 oktyabr kuniga qadar o‘tadigan ushbu jahon chempionatida 1000 nafardan ortiq para atlet 186 ta medallar jamlanmasi uchun kuch sinashmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA