Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para yengil atletikachilarimiz Dubay Gran-pri turnirida qatnashadi
12:09 / 2026-02-09

Shu kunlarda para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.

Ortda qolgan haftaning so‘nggi kunlarida Dubay shahriga yo‘l olgan matonatli sportchilarimiz 10 fevralga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida o‘z mahoratlarini oshiradi.

Shundan so‘ng, para yengil atletikachilarimiz 10-13 fevral kunlari Dubayda o‘tadigan Gran-pri turnirida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, yilning ilk xalqaro musobaqasi sanalgan Dubay Gran-pri turnirida 46 ta mamlakatning 398 nafar para atletlari qatnashish talabnomalarini taqdim etgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA