Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para velosportchimiz tarixiy natija qayd etdi 
10:26 / 2024-09-25

Shveysariyaning Syurix shahri mezbonlik qilayotgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasida T1 klassida 11 km. masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Ataxo‘jayev belgilangan masofani 20 daqiqa 30 soniyada bosib o‘tdi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Qayd etish lozimki, Aziz Ataxo‘jayev O‘zbekiston para velosporti tarixida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi paralimpiyachiga aylandi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA