Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para velosportchilarimizning ulkan muvaffaqiyati
10:10 / 2026-02-16

Saudiya Arabistonida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Gap shundaki, ushbu musobaqada para velosportchilarimiz 11 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza — jami 25 ta medal qo‘lga kiritib, yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija para velosportchilarimizning qit’a miqyosidagi ustunligini yana bir bor namoyon etdi.

Musobaqada Azizaxon Qosimova, Pokiza Ahmadbekova, Marjona Pardaboyeva hamda Odina Hamdamova ikkitadan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Shahnoza Hakimova 1 tadan oltin va bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, Bobur Toshtemirov 1 ta oltin va kumush, Azizxo‘ja Olimxo‘jayev hamda Marjona Valijonova 1 tadan kumush va bronza, Fotima Soipova 2 ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, Bunyod Hayitmuhammedov oltin, Boymurod Yavqochev kumush, Orzubek O‘razmetov, Jahongir Xalilov, To‘lqin Ravshanov, Saidjabbor Dadaxonov va Jasurbek Ilhomov bronza medallari bilan taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA