Para velosportchilarimiz tantanali kutib olindi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para velosportchilarimiz bugun erta tongda yurtimizga qaytib keldi.
Matonatli para sportchilarimizni O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi binosida qo‘mita mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va para velosportchilarning oila a’zolari katta tantana bilan kutib oldi.


Eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligida terma jamoamiz 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA