Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para velosport bo‘yicha vakillarimiz ushbu musobaqalarda ilk bor qatnashgani alohida e’tirof etildi
16:54 / 2024-09-13

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Tokio Paralimpiya o‘yinlaridan so‘ng keyingi safar albatta kuchli “o‘n beshtalikka” kiramiz, deb ezgu niyat qilingan edi.

O‘tgan yillar davomida shu maqsad yo‘lida tinimsiz mehnat qilindi. Sportchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, yuksak marralar uchun puxta zamin tayyorlandi.

Natijada O‘zbekiston bu yilgi Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta eng ko‘p tarkib bilan, ya’ni 9 ta sport turi bo‘yicha 65 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ayniqsa, para velosport bo‘yicha vakillarimiz ushbu musobaqalarda ilk bor qatnashganini alohida e’tirof etish lozim.

O‘zA