Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para taekvondochilarimiz belgilangan reja asosida shug‘ullanmoqda
19:48 / 2024-04-12

Bo‘stonliq tumanidagi «Barkamol» sport sog‘lomlashtirish markazida tasdiqlangan reja asosida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Ergashev boshchiligidagi ishchi guruh mazkur yig‘inga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh dastlab, markazda sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning yashash sharoiti va ovqatlanish ratsioni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sportchilarga zarur bo‘lgan dori-darmon va farmakologik vositalarini o‘z vaqtida ajratish va qat’iy tartib intizomga rioya qilish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalarni berdi. Terma jamoa a’zolari va ularning murabbiylari bilan uchrashuvda ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. Jarayonlarda aniqlangan kamchilik va muammolarni tez fursatda sifatli bartaraf etish choralari belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 4 nafar trener va 16 nafar para taekvondochi ishtirok etmoqda. Ular belgilangan reja asosida kuniga ikki mahal shug‘ullanmoqdalar. Mashg‘ulotlar asosan jismoniy holatni bir maromda ushlab turuvchi va texnik-taknik mashqlarni o‘zlashtirish borasida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, har bir sportchining salomatligi tibbiyot mutaxassislari nazoratida bo‘layotir.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA