Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para taekvondochilar Parij-2024 reyting ochkolariga ega bo‘ldi
10:53 / 2022-05-27

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida para taekvondo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochkolar beruvchi saralash musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan turnir O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.  

Erkaklar o‘rtasida 58 kg. vazn toifasida Qudratillo Shonazarov bronza, 63 kg. vazn toifasida Qudrat Haydarov oltin, +65 kg. vazn toifasida Asad Anvarov kumush, 70 kg. vazn toifasida Javohir Aliqulov oltin, Asilbek Husanov kumush, 80 kg. vazn toifasida Qudrat Muhammadiyev bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida 47 kg. vazn toifasida Farida Habibullayeva yana bir bronza medaliga ega bo‘ldi. 

Osiyoning 20 dan ziyod davlati ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada vakillarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan 6 nafar para taekvondochimiz Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, vakillarimiz bir yilga kechiktirilgan Para Osiyo o‘yinlari  yo‘llanmalariga ham ega chiqdi. 

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA