Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para taekvondo terma jamoamiz xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi
16:51 / 2025-11-24

Mamlakatni dunyoga tanituvchi eng muhim sohalardan biri bu, sportdir. So‘ngi yillarda yurtimizda sport, qolaversa, parasport rivojida ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Bunga shubhasiz, sohaga qaratilayotgan e’tibor sabab desak, xato bo‘lmaydi. O‘z navbatida, irodali parasportchilarimiz ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Sohani yanada rivojlantirish, nufuzli musobaqalar oldidan tajriba oshirish maqsadida parasport sohasida muntazam xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi a’zolari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdi.

Mazkur qo‘shma yig‘inda Rossiya, Turkiya hamda qozog‘istonlik parasportchilar ham ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotda terma jamoamizning 12 nafar irodali parasportchilari o‘z mahoratlarini oshirdi.

Sherbek Islomov, O‘zA