Para suzuvchilarimiz 26 ta medalga sazovor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlarida para suzuvchilarimiz dastlabki bellashuvlarda jami 26 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu medallardan 17 tasi oltin, 5 tasi kumush va 4 tasi bronza. Mazkur natija mamlakatimizda para suzishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi. Musobaqa rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 82 ta oltin, 46 ta kumush, 25 ta bronza jami 153 tani tashkil etmoqda. Buning natijasida delegatsiyamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda.


Paraosiyo o‘yinlarida jamoamizdan so‘ng Eron delegatsiyasi 55 ta oltin, 68 ta kumush va 67 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rin, yaponiyalik para sportchilar 37 oltin, 23 kumush va 10 bronza jamg‘arib, kuchli uchlikdan joy olgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA