Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para-suzish:Qoraqalpog‘iston kubogi musobaqasi o‘tkazildi
08:51 / 2022-10-24

Nukus shahridagi suv sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida para-suzish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, suv sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabining amaliy yordami bilan ilk marotaba tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan kelgan jismoniy imkoniyati cheklangan iqtidor egalari ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bahslarda qizlar o‘rtasida Shaxzoda Abillayeva, Tursinoy Qalilayeva, Asel Reymova, Shahnoza Yerejepboyeva, o‘smirlar o‘rtasida Azimjan Jannazarov, Rinat Reyimboyev, Aytug‘an Shaniyazov, G‘afur Reymov, Salamat Xudiyarov birinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA