Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para suzish: Singapurda boshlangan jahon chempionatida 6 nafar irodali sportchimiz qatnashmoqda
17:51 / 2025-09-18

Bugun, 18 sentyabr kuni Singapurda para suzish bo‘yicha jahon chempionati bahslari boshlandi.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining olti nafar a’zosi o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Joriy yilning 28 sentyabriga qadar davom etadigan dunyo birinchiligida terma jamoamiz a’zolaridan Azizbek Boynazarov S8 klassida, Bogdan Bektemirov S13 klassda, Yegor Bolotov S13 klassida, Sardor Baxtiyorov S7 klassida, Muslima Odilova S13 klassida, Mubinabonu Xalilova S13 klassida o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, para suzish sport turlari bo‘yicha ilk bor Osiyo qit’asida tashkil etilayotgan jahon chempionatida 60 taga yaqin mamlakatning 600 nafardan ortiq iroda va matonat sohibi bo‘lgan sportchilari ishtirok etish talabnomalarini taqdim etgan.

Sherbek Islomov, O‘zA