English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para suzish: Matonatli sportchilarimiz jahon chempionatida qatnashmoqda
10:27 / 2025-09-23

Shu kunlarda Singapurda para suzish bo‘yicha yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Chempionatning kecha o‘tkazilgan bahslarida ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Azizbek Boynazarov (S8) va Mubinabonu Xalilova (S13) final bosqichida o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Boynazarov 100 m masofaga chalqancha suzish dasturi finalida 1:11.15 soniyada marraga yetib kelgan bo‘lsa, Xalilovaning 100 m masofaga brass usulida suzish bellashuvlaridagi yakuniy natijasi 1:23.56 soniya ko‘rinishni oldi.

Bugun, 23 sentyabr kuni jahon chempionatining navbatdagi kunida Mubinabonu Xalilova erkin usulda, Azizbek Boynazarov batterflyay yo‘nalishidagi saralash musobaqalarida qatnashadi. Shuningdek, yana bir matonatli para sportchimiz Yegor Bolotov ham erkaklar o‘rtasida erkin usul bahslarining saralashida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, 75 ta mamlakatning 580 nafardan ziyod para suzish vakillari qatnashayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar irodali sportchisi qatnashmoqda.

Musobaqalar 28 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA