Para suzish: Ilk kunda 6 ta medal qo‘lga kiritildi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida para suzish bo‘yicha ham hamyurtlarimiz ishtiroki muvaffaqiyatli boshlandi.
Ilk kundayoq 6 ta medal - 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza qo‘lga kiritildi.
Lolaxon Kadirova 50 metr batterflyay va 50 metr chalqancha yo‘nalishlarida 2 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 50 metr batterflyay yo‘nalishida Sardor Baxtiyorov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Alijon Nekov va Aziza Karimova kumush, Muhammadfozil Rasulov esa bronza medaliga ega chiqdi.
Sherbek Islomov, O‘zA