Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para pauerliftingchilarimizning muvaffaqiyati
10:03 / 2025-10-11

Avval xabar berganimizdek, Misrning Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar sportchisi bellashuvlarda ishtirok etdi va muvaffaqiyatli natijalarga erishdi. Umumiy hisobda sportchilarimiz jami 17 ta medal, shu jumladan 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal sohiblari:

Akbarali Rahmonov – 65 kg (2 ta oltin)

Ziyoda Boqijonova – 50 kg (2 ta oltin)

Zuhra Yo‘ldosheva – 55 kg (2 ta oltin)

Oyshajon Karimberganova – 55 kg (2 ta oltin)

Hojiakbar Hamidov – 65 kg (1 ta oltin, 1 ta bronza)

Abdulloh Abdulazizov – 49 kg (1 ta oltin)

Kumush medal sohiblari:

Sultonposhsha Berdiyeva – 41 kg (2 ta kumush)

Gulsanam Sobirova – 45 kg (2 ta kumush)

Suhrob Farhodov – 59 kg (1 ta kumush, 1 ta bronza)

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA