Xitoyning Pekin shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘tayotgan jahon kubogining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 9 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning kattalar o‘rtasidagi bahslarida Muslima Nuriddinova (-61 kg) 115 kg. va uchkurash yakuniga ko‘ra 225 kg. natija qayd etib, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Aqidaxon Axtamova (-50 kg) 108 kg., uchkurash yakuniga ko‘ra jami 213 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, 1 tadan oltin va kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, Nasiba Toshpo‘latova 45 kilogrammgacha vazndagi bahslarda 101 kg. natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida esa Akmal Karimboyev (-65 kg) 100 kg, uchkurash yakuniga ko‘ra ham 100 kg. natija bilan 2 ta oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. O‘smirlar yosh toifasida Otabek Tilovov va Temurbek Rustamov o‘z vazn toifalarida 2 tadan oltin medal bilan taqdirlandi.
Bugun, 23 iyun kuni jahon kubogida quyidagi 7 nafar para pauerliftingchilarimiz bahslarga kiradi:
• Ruxshona O‘ktamova — 67 kg, A guruhi;
• Bekzod Jamilov — 80 kg, A guruhi;
• Azizbek Yahyoyev — 88 kg, A guruhi;
• Husniddin Usmonov — 97 kg, A guruhi;
• Oyshajon Rajabboyeva — +86 kg, A guruhi;
• Doston Abdusattorov — +107 kg, A guruhi;
• Mohichehra Fozilova — +86 kg, A guruhi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA