Misrning Qohira shahrida para-pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etdi.
Chempionatda Muslima Nuriddinova -61 kg. vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Bekzod Jamilov (80 kg), Qudratoy Toshpo‘latova (67 kg) kumush medalga ega chiqdi. Ayollar o‘rtasida jamoaviy, aralash jamoaviy dasturda terma jamoamiz ikkinchi o‘rindan joy oldi. Nasiba Toshpo‘latova (45 kg) va Ruxshona O‘ktamova (67 kg) bronza medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

Quvonarlisi, ilk bor o‘zbekistonlik ayol sportchi para-pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz para-pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatidagi natijalarini yanada yaxshiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA