Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para pauerlifting: Hamyurtimiz Dubayda jahon chempioni bo‘ldi
14:54 / 2023-08-22

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha boshlangan jahon chempionatining ilk kunida terma jamoamiz a’zosi Oxunjon Musurmonqulov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 65 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Oxunjon 117 kilo natija bilan barcha raqiblarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi va chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.    

Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallari Yaponiya hamda Qirg‘iziston sportchilariga nasib etdi.    

"Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘lidagi eng muhim reyting musobaqalaridan biri hisoblangan ushbu dunyo birinchiligi 30 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA