Para kanoechilarimiz Jahon chempionatidagi bahslarini muvaffaqiyatli boshladi
Kanadaning Galifaks shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida 2 nafar hamyurtimiz startda chiqdi. Jumladan, ayollar o‘rtasida VL3 klassida Muxlisa Eshmirzayeva hamda erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldoshev saralash bahslarida ishtirok etdi.

Saralashda Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yaponiya hamda mezbon Kanada vakillariga qarshi kurash olib borgan Muxlisa Eshmirzayeva marraga 4-bo‘lib yetib keldi. Hasan Qo‘ldoshev esa Italiya, Polsha, Avstraliya, Yaponiya, Nigeriya va chililik sportchilar bilan bo‘lgan murosasiz bahsda 43,11 soniya vaqt bilan 3-o‘rinni egalladi.
Shu tariqa har ikkala sportchimiz ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
O‘zA