Para dzyudochilarimiz Tokioda bellashmoqda
Yaponiyaning Tokio shahrida para dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ilk kunida 4 nafar dzyudochimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqada Kemran Nurilloyev va Kumush Xo‘jayeva o‘z toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sherzod Namozov va Lobar Hurramova bronza medali bilan taqdirlandi.

Bugun, 5 dekabr kuni 7 nafar para dzyudochimiz medallar uchun kurashadi. Aniqrog‘i, Munisa Madrimova va Dovurxon Karomatov finalda bellashsa, Feruza Ergasheva, Uljon Amriyeva, Turg‘un Abdiyev, Aziz Normo‘minov va Aloviddin Jo‘raqulov bronza medali uchun raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA