Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para dzyudochilarimiz Germaniyada shohsupaga ko‘tarildi
08:54 / 2024-02-18

Germaniyada para dzyudo bo‘yicha “IBCA” xalqaro Gran-pri turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida to‘rt nafar polvonimiz bahslarga kirdi.

Vazni 73 kg. bo‘lgan para dzyudochilar bahsida J-2 klassida finalga qadar barcha raqiblarini yenggan Feruz Sayyidov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vazndagi yana bir vakilimiz Uchqun Qurbonov esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ushbu klassda bellashgan Sherzod Namozov va Kumush Xo‘jayeva o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA