Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para dzyudo: Yangicha tartibda o‘tayotgan chempionat
12:11 / 2022-07-16

Bugun, 16 iyul kuni poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Mamlakat chempionatida yurtimizning 120 nafar para dzyudochilari o‘z vaznlarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqmoqda.

Kecha musobaqalar oldidan o‘tgan qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Ergashev, qo‘mita bosh kotibi F.Ahmedov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi a’zolari, hakamlar va murabbiylar ishtirok etdi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, musobaqani tashkil etishdan maqsad – yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan kuchli para dzyudochilarni saralab olish.  

– Bu yildan chempionat yangi joriy etilgan xalqaro dzyudo qoidalari asosida tashkil etiladi. Ya’ni, bellashuvlardagi bahsli vaziyatlar video takrorlar orqali ko‘rib chiqilib, keyin baholanadi. Bunday holat esa bellashuvlarning adolatli, shaffof o‘tishini ta’minlashi shubhasiz, – deydi musobaqalarni kuzatib borayotgan O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Farrux Ahmedov.

T.Ro‘ziyev, O‘zA