Para badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Mamlakatimizda paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar natijasida para badminton sport turi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar orasida ommalashmoqda.
Yurtimizning turli hududlarida para badminton to‘garaklari tashkil etilib, unga a’zo bo‘layotgan hamyurtlarimiz soni ortmoqda.
Buning isbotini ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tayotgan para badminton bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ko‘rishimiz mumkin. Ilk marotaba o‘tkazilayotgan chempionatda jami 70 nafarga yaqin para badmintonchilar O‘zbekiston chempionligi uchun raqobatlashmoqda.
Qiziqarli va keskin bahslarga boy o‘tgan chempionatda A.Isayev, Z.Sotimboyev, Ya.Otajonov, D.Isroilov, D.Nurulloyev, A.Rahmedov, S.Qahramonov, A.Tajetdinova, Ye.Genjemuratova, Sh.Ismoilova, R.Turg‘unboyeva hamda K.Hamroqulova o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA