Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para atletlarimizning Hindistondagi muvaffaqiyatlari
09:49 / 2025-10-06

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda dunyoning 109 ta mamlakatidan kelgan 1 ming 400 nafarga yaqin paralimpiyachilar ishtirok etdi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston para yengil atletika terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Jumladan, musobaqa davomida Yoqutxon Xolbekova (T12) uzunlikka sakrash, Jasur Xo‘jayev (F32) va Karomat Omonova (F46) yadro uloqtirish, Faxriddin Hamroyev (T12) 400 metrga yugurish, Temurbek Giyazov (T64) balandlikka sakrash bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Bobur Omonov va Kubaro Hakimova (F41), Madina Muxtorova (F40) yadro uloqtirishda, Shaxina Yigitaliyeva (F46) hamda Yorqinbek Odilov (F57) nayza uloqtirishda kumush medal bilan taqdirlandi. Tolibboy Yo‘ldoshev (F37) yadro, Navro‘za Ahmatova (F41) disk uloqtirish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa jahon chempionatida para atletlarimiz jami 12 ta medal — 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Esatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yaponiyada o‘tkazilgan dunyo birinchiligida atletlarimiz 7 ta oltin, 4 ta kumush hamda 2 ta bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, 2023 yil Fransiya mezbonlik qilgan jahon chempionatida 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medal sohibiga aylangan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA