Para atletlarimiz uchun Gran-pri muvaffaqiyatli o‘tmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turnirining ikkinchi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Jumladan, Mahliyo Akramova bulava uloqtirishda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 100 metr masofaga yugurish dasturida Barotjon Baxtiyorov marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yadro uloqtirish bellashuvlarida Oybek Berdiyarov hamda Azizbek Abdukarimov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Bugun, 12-fevral kuni mazkur musobaqada quyidagi vakillarimiz ishtirok etadi:
— Muhabbat Masharipova (disk uloqtirish) – 17:00
— Barotjon Baxtiyorov (uzunlikka sakrash) – 18:05
— Sodiqjon Mamadiyev (uzunlikka sakrash) – 18:05
— Temur G‘iyosov (uzunlikka sakrash) – 19:45
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA